Shavkat Mirziyoyev qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida maslahat berdi

Shavkat Mirziyoyev qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida maslahat berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi, mamlakatning eng shimoliy hududi – Mo‘ynoq shahri loyihalari bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Mo‘ynoqda chorvachilik, ayniqsa, echkichilikni rivojlantirish ham mumkin. Echki tashqi muhitga yaxshi moslashadi, ozuqa tanlamaydi. Uning junidan kundalik ehtiyoj tovarlari tayyorlab sotish xotin-qizlar uchun ish o‘rni bo‘ladi”, - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, davlat rahbari hududda qamishdan bozorbop qurilish materiallarini tayyorlash korxonalarini tashkil etishga topshiriq berdi. Ushbu korxonalar yoshlarni ish bilan ta’minlashi mumkin.

Shuningdek, prezident fikricha, baliqchilikni rivojlantirish, baliqni qayta ishlab sotish oilalar daromad olishga yordam beradi.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda Mo‘ynoq tumanida yana ko‘plab - sanoat sohasida 12 ta, qishloq xo‘jaligida 5 ta, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!