Sergelida dahshatli YTH: 3 kishi halok bo‘ldi

Sergelida dahshatli YTH: 3 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 16 fevral kuni soat 07:30 larda Sirg‘ali tumani Choshtepa ko‘chasida Yangiyo‘l tumanida yashovchi O.A. “VAZ-2106” rusumli transport vositasida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida joylashgan uyning devoriga urilgan. Shundan so‘ng Yangiyo‘l tumanida yashovchi R.SH. “Lasetti” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “Vaz 2106” rusumli transport vositasi oldida turgan piyodalarni urib yuborgan.

Natijada, piyodalar S.I. va M.N.lar voqea joyida, piyoda D.R. esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etishgan.

"Hurmatli yo‘l harakati qatnashchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni, haydovchilar esa yo‘l harakati qoidalarini to‘liq o‘zlashtirishlarini, nosoz transport vositalarini boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz", deyildi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Avvalroq, Chilonzor tumanida haydovchining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!