Senator Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning to‘laqonli hokimiga aylandi

Senator Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning to‘laqonli hokimiga aylandi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 dekabr kuni Toshkent bo‘ylab sayr qilganidan so‘ng, kun oxirida xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida qatnashdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qo‘yish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxo‘jayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. To‘g‘risini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni o‘zgartirishga erishdi. Hokimlikning obro‘sini oshirdi, tadbirkorlarni o‘ziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi , dedi Prezident.

Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. So‘zga chiqqanlar hokim va uning barcha o‘rinbosarlari, barcha faollar bir musht bo‘lib, Toshkentni jadal rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni bajarish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Prezidentning Xorazmga tashrifi vaqtida viloyat rahbari Farhod Ermanovning lavozimida vazifasini bajaruvchi qo‘shimchasi olib tashlangan edi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!