Slovakiya bosh vaziri Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori

Slovakiya bosh vaziri Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bu haqda u «Joj24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report» .

«Men har doim (mojaro) tinch yo‘l bilan hal qilinishini va har qanday holatda ham o‘t ochishni to‘xtatishni afzal ko‘raman», — dedi u.

Robert Fiso, shuningdek, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish to‘g‘ri yo‘l emasligiga va bunga sarflangan mablag‘lar behuda ketayotganiga amin. Bundan tashqari, Bosh vazir Ukraina uchun mablag‘ yig‘ayotgan tashabbuskor guruhlarga shubha bilan qaradi. Shunday guruhlardan biri 2022 yilda 4 million yevro yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar Rossiya-Ukraina mojarosini tezroq tugatish va tinchlikka chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!