Bugundan havo harorati ko‘tarilib boradi

Bugundan havo harorati ko‘tarilib boradi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +29°S gacha, boshqa viloyatlarda esa +23°S gacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Sovuq antisiklon ta’siri ertaga ya’ni 30 aprel kuni respublikada to‘liq kuchsizlanadi. Masalan, 30 aprel va 1 may kunlari shimol, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kunduz kuni +32 darajagacha ko‘tarilsa, boshqa viloyatlarda esa ushbu kunlari harorat +29 darajagacha isiydi.

O‘zgidromet hafta boshida joylarda yog‘ingarchilik bo‘lmasligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!