Turkiya Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirmoqda

Turkiya Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirmoqda

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan G‘azo sektori bo‘yicha aloqa guruhining Ar-Riyoddagi yig‘ilishida Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

Bu haqda TRT diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, "Isroilning harakatlariga xalqaro hamjamiyatning munosabati kuchaymoqda".

"Va bu bosim, u ta’kidlaganidek, kuchaytirilishi kerak. Aloqa guruhi yig‘ilishida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida qabul qilinadigan qarorlar muhokama qilindi”, — deyiladi telekanal manbadan iqtibos keltirgan holda.

Shu bilan birga, Ar-Riyoddagi muzokaralar chog‘ida aloqa guruhi “Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bosim choralarini baholadi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!