Saudiya Arabistoni va musulmuon mamlakatlarida ham Hayit 2 may kuni nishonlanadi

Saudiya Arabistoni va musulmuon mamlakatlarida ham Hayit 2 may kuni nishonlanadi

Kecha, 30 aprel – Ramazon oyining 29-kuni Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi Shavvol hiloli ko‘ringani to‘g‘risida xabar bo‘lmagani sababli, joriy yil 1 may yakshanba kuni Ramazon oyining 30-kuni bo‘lishi haqida bayonot berdi. Shunga muvofiq, 2022 yil 2 may dushanba kuni Saudiya Arabistonida Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning bir qator yirik musulmon davlatlari, xususan, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirligi, Jazoir, Kuvayt, Bahrayn, Tunis, Iroq, Ummon, Yaman kabi barcha arab mamlakatlari hamda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarida ham Ramazon hayiti 2 may, dushanba kuni nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!