Samarqanddagi kafeda 8 kishi zaharlandi. Bir kishi kasalxonada vafot etgan

Samarqanddagi kafeda 8 kishi zaharlandi. Bir kishi kasalxonada vafot etgan

Samarqandda tug‘ilgan kunda qatnashgan fuqarolarning 8 nafari zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi.

Ma’lum qilinishicha, 4 avgust kuni Samarqanddagi kafelardan birida bo‘lib o‘tgan tug‘ilgan kunda odamlar ommaviy botulizm bilan zaharlangan va ulardan bir nafari vafot etgan.

Hozirda,kafening faoliyati to‘xtatilib, eshik muhrlangan.

«Qorinda og‘riq, qusish bo‘lgani, uyida o‘zi davolangani, shifoxonaga kelganda qon bosimi 130/90 bo‘lgani sababli, bemor ichki infeksiyasida gumon qilingan. Ertasi kuni bemorda to‘satdan og‘irlashish kuzatildi. Qilingan choralarga qaramasdan, bemorda o‘lim holati sodir bo‘lgan», — dedi shifokor.

Botulizmga chalingan yana 8 nafar bemor hozirda yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

«Bemorlar kelganda ahvoli og‘ir edi. Bir nechtasini jonlantirish bo‘limiga yotqizdik. Hozirda biroz ijobiy o‘zgarishlar bor», — deb aytdi shifokor.

Bemorlarning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilgan kun tadbirida taxminan 22 kishi ishtirok etgan. Ularning orasida esa 2 yoshli bolakay ham bor.

«Hammamiz, oilamiz bilan o‘sha kafeda bo‘ldik. Tug‘ilgan kun o‘tkazgan edik. Salat kabi ovqatlar bor edi. Ko‘pchilikda qusish, holsizlik, ovqatni yuta olmaslik kabi muammolar bo‘ldi bir kun o‘tib», — dedi bemorlardan biri.

Hozirda kasallik kelib chiqish sababini aniqlash yuzasidan ma’sullar tomonidan laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!