Samarqanddagi fojia aka-singilning o‘limiga sabab bo‘ldi (FOTO)

Samarqanddagi fojia aka-singilning o‘limiga sabab bo‘ldi (FOTO)

2019 yil 31 avgust kuni soat 05:30larda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashagan 30 yoshli A.B. boshqaruvidagi  “Nexia” rusumli avtomashinasini Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 21 yoshli E.G‘. boshqaruvidagi “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. bU haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada “Nexia” avtomashinasi haydovchisi A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 28 yoshli singlisi N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!