Samarqandda o‘qituvchi texnikum o‘quvchisini pichoq bilan jarohatlagani aytilmoqda (VIDEO)

Samarqandda o‘qituvchi texnikum o‘quvchisini pichoq bilan jarohatlagani aytilmoqda (VIDEO)

Samarqand viloyatidagi Axborot texnologiyalari texnikumi talabasi Zuhayriddin Zokirov o‘qituvchisi otgan pichoqdan jarohat olganini aytmoqda. Bu haqda xabardor.uz xabar berdi.

Voqea joriy yil 3 iyun kuni sodir bo‘lgan.

– O‘qituvchimiz Jamshid Yaldashev men yotgan xonaga kelib, stol ustida turgan pichoqni menga otdi. Pichoq oyog‘imga qadalib qoldi. Shifokorga ham olib bormadi, – deydi texnikum o‘quvchisi.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev Samarqand Axborot texnologiyalari texnikumida ishlovchi shaxsning talabaga pichoq otganligi aytilayotgan murojaat yuzasidan IIB o‘rganish olib borayotganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!