Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketdi

Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketdi

Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketdi.

Hodisa, bugun 30 dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Meyonkol” mahallasida sodir bo‘lgan. “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida mahalla ichidan oqib o‘tgan suv kanaliga tushib ketgan. Mashina salonida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan. Qutqaruvchilar va maxsus texnika yordamida olib borilgan harakatlar natijasida avtomashina kanaldan olib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!