Samarqandda maktab o‘qituvchisi 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqandda maktab o‘qituvchisi 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqandda oddiy maktab o‘qituvchisi 4 kishini o‘qishga kiritish uchun 40 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining matematika fani o‘qituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar abituriyentni Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi va ularning har biri uchun 12 ming AQSh dollaridan, jami 48 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 40 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!