Samarqandda kasb-hunarga o‘qitish markazi bo‘limi boshlig‘i va kargo firmasi rahbari ushlandi

Samarqandda kasb-hunarga o‘qitish markazi bo‘limi boshlig‘i va kargo firmasi rahbari ushlandi

Samarqand viloyati huquqni ximoya qiluvchi organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirda viloyatdagi kasb-xunarga o‘qitish markazlaridan birining bo‘limi boshlig‘i jinoyatiga chek qo‘yildi.

Kasb-xunarga o‘qitish markazi bo‘limi boshlig‘i, Past Darg‘om tumanida yashovchi, 1986 y.t. J.J. mahalliy fuqarolarga ushbu markazda o‘qiganligi va malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, ulardan jami 5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini pora tariqasida olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Samarqand shahrida ro‘yhatda turuvchi, Turkiyaning Istanbul shahridagi kargo firmasi rahbari, 1990 y.t. S.R. 2.000 AQSh dollari evaziga Turkiyaga kirishga qo‘yilgan taqiqni yechib berib, Turkiyadagi mehmonxonalarning birida ishlash vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, maxalliy fuqarodan 700 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlandi.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!