Samarqandda ikki ukasini mindirib skuter boshqargan 7 yoshli qizcha to‘xtatib qolindi

Samarqandda ikki ukasini mindirib skuter boshqargan 7 yoshli qizcha to‘xtatib qolindi

Samarqand viloyatida skuterda katta yo‘lda harakatlanib ketayotgan 7 yoshli qizcha Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 23 iyun kuni Samarqand tumani hududida sodir bo‘lgan.

YPX xodimlari M-37A xalqaro avtomobil yo‘li bo‘ylab o‘z xizmat manziliga ketayotganda yosh qizcha ikki nafar ukasini mindirib olgan holda skuter boshqarib ketayotganini ko‘rib qolgan.

Bolalarning onasiga ko‘ra, qizcha ruxsatsiz kalitni olib, skuterni o‘zi boshqarib ketgan. Xodimlar tomonidan bolalar ota-onasiga topshirilgan. Surishtiruvda, skuter boshqarayotgan qizaloq 7, ukalari esa 5 va 2 yoshda yoshda ekani ma’lum bo‘lgan.

Avvalroq Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashgani, Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘liga rul boshqaruvini bergan ota jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!