Samarqandda birinchi Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi

Samarqandda birinchi Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida 2024 yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning boy salohiyatidan foydalanish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ular o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishida tajriba almashish maqsadida Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Shunga ko‘ra, 2024 yilning 13-14 may kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida birinchi Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi.

Forumda Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol a’zolari, hukumatlari a’zolari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ayollar ishbilarmon doiralari vakillari, siyosatshunoslar, ijtimoiy faollar, olimlar, iqtisodiyot tarmoqlari va turli sohalar vakillari ishtirok etadilar.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mintaqada xotin-qizlarning imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish, hozirgi zamonda davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning rolini mustahkamlash masalalarida tajriba almashish uchun o‘ziga xos muloqot maydonini yaratishdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!