Samarqand viloyatida yangi Coca-Cola zavodi ochildi

Samarqand viloyatida yangi Coca-Cola zavodi ochildi

Samarqand viloyatida «Coca-Cola» ichimliklar ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. Bu O‘zbekistondagi Toshkent, Urganch va Namangan viloyatidagi zavodlardan keyingi to‘rtinchi korxona hisoblanadi. 2021 yildan kompaniyaning respublikadagi eksklyuziv hamkori Turkiyaning Anadolu Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Coca-Cola İçecek (CCI) hisoblanadi.

3123232.jpg
Yangi zavod Jombay tumanida joylashgan. Korxona yiliga 280 million litr mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, viloyatni 200 ish o‘rni bilan ta’minlaydi.

Zavodning ochilish marosimida investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Coca-Cola allaqachon O‘zbekiston iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shganini, so‘nggi uch yilda 500 million dollar sarmoya kiritganini ta’kidladi. Samarqanddagi yangi zavodga 112 million dollar sarmoya kiritilishi bu tendensiyani tezlashtiradi, dedi u.

“Samarqanddagi «Coca-Cola» zavodi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ko‘ra, O‘zbekiston va jahon investorlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning ramzidir, – dedi Qudratov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!