Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanlarida radioxalaqitlar bartaraf etilib, aloqa sifati yaxshilandi

Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanlarida radioxalaqitlar bartaraf etilib, aloqa sifati yaxshilandi

Joriy yilning 16-aprel kuni “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Samarqand viloyat hududiy shu’basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda viloyat bo‘ylab, radioyelektron vositalaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Unda Samarqand shahrida joylashgan “Said” va “Do‘stlik” hamda Pastdarg‘om tumanidagi “Chortut” mahallalarida o‘rnatilgan 3 (uch) dona mobil kuchaytirgich (repeater) qurilmasidan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlanib, ushbu qurilmadan foydalanib kelayotgan fuqarolarga nisbatan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Hamda qurilmalarning ishlatilishini oldi olinib, fuqarolarga ogohlantirish berildi.

Tadbir davomida jismoniy va yuridik shaxslar vakillariga mobil kuchaytirgichlar Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-son qarorining texnik shartlari talablariga to‘g‘ri kelmasligi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga zid ekanligi va ushbu qurilmalardan qayta foydalanilgan taqdirda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!