Samarqand shahar bosh imom-xatibi 73 yoshda vafot etdi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi 73 yoshda vafot etdi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi. Bu haqda «Daryo»ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Nuriddinxon Islomov 1970 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980 yildan 2008 yilga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan. 2008 yildan 2017 yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan. Shundan so‘ng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda «Shohi Zinda» jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!