Ro‘zaning oxirgi o‘n kunligida - Qadr kechasi, uning odobi va tayyorgarlikka imom izohi (video)

Ro‘zaning oxirgi o‘n kunligida - Qadr kechasi, uning odobi va tayyorgarlikka imom izohi (video)

O‘zAga ko‘ra, bu borada Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, «Xo‘ja Alambardor» masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li shunday dedi:

– Laylatul Qadr – “belgilash kechasi”, ya’ni yil davomida qilinadigan turli amallar, topiladigan rizq, bir so‘z bilan aytganda taqdirlar belgilanadigan kechadir, –deydi Odilxon qori. – Laylatul Qadr kechasi qachon bo‘ladi? Abul Oliya roziyallohu anhu aytadilar: “Bir a’robiy Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, “Qadr kechasi qachon bo‘ladi?” deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazonning ilk va eng so‘nggi hamda toq kechalaridan izlanglar!” dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligidan qidiringlar”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslom rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi borasida: “U 27-yoki 29-kechadir. Ushbu kecha yerda farishtalar soni mayda toshlardan ham ko‘p bo‘ladi”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Bu kechaning qanday alomatlari bor? Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U ochiq, issiq ham, sovuq ham bo‘lmagan kecha. Uning tongida quyosh qizg‘ish, zaif bo‘lib chiqadi”, dedilar (Ibn Xuzayma rivoyati).

Bu kecha Alloh taoloning amri bilan farishtalar yerga tushib, tong otguncha insonlar haqiga duo qiladi. Qur’oni karimda bunday deyiladi: “U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir” (Qadr surasi, 4–5-oyat).

Saytimizni kuzatib boring. 

Qadr kechasini qanday o‘tkazish kerak, uning savobini topaman degan erkaklar o‘zini qanday tutishi va o‘qiladigan duolar haqida so‘z yuritamiz. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!