Ruslan Nurutdinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Ruslan Nurutdinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqada -109 kg vazn toifasidagi sportchilar supachada kurashga chiqishdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Olimpiya va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Ruslan Nurutdinov himoya qildi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish bahslarida o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Siltab ko‘tarishda esa 227 kg. natija ko‘rsatdi va bronza medaliga ega chiqdi.

Ertaga jahon chempionatining so‘nggi kuni o‘tkaziladi va unda +109 kg vazn toifasida Rustam Djangabayev bahslarga kirishadi.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!