Ruminiya prezidenti: NATO Rossiya bilan urushmoqchi emas

Ruminiya prezidenti: NATO Rossiya bilan urushmoqchi emas

NATO Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Rossiya bilan jang qilmoqchi emas, dedi Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis.

“Ruminiya xuddi NATO Rossiya bilan jang qilmoqchi emasligi kabi jang qilmoqchi emas, ammo deeskalasiya har ikki tomonda ham bo‘lishi kerak”, - deya Yoxannisning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Uning ta’kidlashicha, Ruminiya, barcha NATO davlatlari ichida Ukraina bilan eng uzun chegaraga ega.

Unga ko‘ra, Buxarest Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!