Rossiyaliklarning o‘zbekistonlik migrantlar haqidagi fikrlari o‘zgarmoqda

Rossiyaliklarning o‘zbekistonlik migrantlar haqidagi fikrlari o‘zgarmoqda

Pandemiya paytida Rossiyada ishsiz qolgan mehnat migrantlari tomonidan pul topish maqsadida jinoyat sodir etish holatlari ko‘payishi bashorat qilingan edi. Ammo Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik pasaygan. Aksincha, mehnat migrantlari inqiroz sharoitida hatto mahalliy aholiga nisbatan bir-birini ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishgan.

Rossiya Federasiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda migrantlarning 40 foizi, mahalliy aholining esa 20 foizi ishsiz qolgan.

Mahalliy aholi yakkalanib qolgan, migrantlar esa vatandoshlarini qidirib, ularga yordam berishni boshlagan. Bu holat migrantlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartirdi, deya ta’kidlagan Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi katta ilmiy xodimi Yevgeniy Varshaver. 

“Migrantlar yanada hamjihatlashdi, koronavirusga va hukumat tomonidan taklif qilingan choralarga mas’uliyatliroq bo‘lishdi. Shunday qiyin sharoitda tashkillashtirilgan holda bir-biriga yordam berishdi. Masalan, O‘zbekistonda chet eldagi vatandoshlar uchun pul yig‘adigan maxsus jamg‘armalar tashkil etildi va elchixona orqali ushbu pullar yetkazib berildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari shu yerda tarqatildi. O‘ylaymanki, hozir hammasi asta-sekin o‘z iziga qaytmoqda”, – deydi Yevgeniy Varshaver.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!