Rossiyalik harbiy muxbir va harbiy xizmatchi Andrey Morozov “Murz” o‘z joniga qasd qildi

Rossiyalik harbiy muxbir va harbiy xizmatchi Andrey Morozov “Murz” o‘z joniga qasd qildi

Rossiyaning Z-“harbiy muxbiri” va Rossiya Qurolli Kuchlarining 4-motoo‘qchilar brigadasi harbiy xizmatchisi, mashhur “Bizga Yaninadan yozishyapti” ommabop kanalini boshqargan (100 mingdan ortiq obunachilar) Andrey (Murz) Morozov o‘zini otib tashladi. Bu haqda Igor Strelkovning rafiqasi Miroslava Reginskaya va advokat Maksim Pashkov xabar bergan.

Morozovning kanalida o‘lim oldidan yozgan xabari paydo bo‘ldi. Unda u o‘zining o‘limini ilgari «LNR» tuzilmalarining bir qismi bo‘lgan Rossiya Qurolli Kuchlari brigadasi qo‘mondonligi, shuningdek, umuman Rossiya Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi bosimi ostida sodir bo‘layotganini tushuntiradi.

Bir necha kun oldin Murz Avdeeevkaga hujum paytida rus armiyasining katta yo‘qotishlari (16 ming kishi) haqida xabar bergandi. Shuningdek, u Sankt-Peterburg harbiy prokuraturasi 1487-polk askarining qo‘mondonlikning hujum paytidagi harakatlari haqidagi shikoyatini ko‘rib chiqishdan bosh tortganini aytadi. Murzaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mondonlik targ‘ibotchi Vladimir Solovyovning tanqidi tufayli yo‘qotishlar haqida sukut saqlashga qaror qilgan.

“Bugun, o‘rtoq polkovnik, sizning buyrug‘ingiz bilan men o‘zimning …telegram kanalimdagi postni o‘chirishga majbur bo‘ldim. Sizni esa eski armiyaning jamoaviy mas’uliyatiga tayanib, bu buyruqni berishga majbur qildi. Agar u (post) olib tashlanmasa, ta’minot berilmaydi. Snaryadlar. Kopterlar. Yangi tanklar va “BMP”. Buni qilishga sizni Vladimir Solovyov boshchiligidagi siyosiy fohishalar majburlagan, bunaqalar o‘zlari kelib tepkini bosishga qo‘rqishadi. Nima ham derdik, buni o‘zim qilaman. Hech kim bu arzimas ishni o‘z zimmasiga olishga jur’at etmasa, o‘zimni otib tashlayman. Sizlarga esa tanklar va kopterlarni berishadi. 2024 yil 21 fevraldan boshlab sizga qo‘ng‘iroq qilganlarning barchasiga, men sizlarda xizmat qilmasligimni va men bilan hech qanday muammo yo‘qligini ishonch bilan aytishingiz mumkin”, – deb yozgan Morozov o‘lim oldidan yozgan xatida.

2000 yillarning boshlarida Morozov millatchi-stalinistik «Krasniy bliskrig» harakatining a’zosi edi. 2007 yil mart oyida u Kutuzovskiy prospektidagi FSB binosida “Edinaya Rossiya” neon lavhasiga o‘q uzgandi va buning uchun uch yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. U muxolifat vakillari Ilya Yashin va Yuliya Latininaga hujum qilgan provokator sifatida ham tanilgan.

«LNR» tomonida 2014 yildan buyon jang qilib kelayotgandi. Yoshi 44 da edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!