Rossiyadagi MCHJ rahbari sirdaryolik tadbirkorni chuv tushirdi. U ham o‘zbek

Rossiyadagi MCHJ rahbari sirdaryolik tadbirkorni chuv tushirdi. U ham o‘zbek

Guliston shahrida yashovchi, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari A.D. Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududida 2 gektar maydonda issiqxona barpo etishni rejalashtirdi. Shu maqsadda u 2019 yilning iyun oyida Rossiya Federasiyaning Krasnodar shahrida faoliyat yuritayotgan MCHJ bilan shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “Rostda” muxbiri Alijon Abdusattorov.

Umuman olganda, A.D. Rossiyadagi MCHJ hisob raqamiga 600 ming AQSh dollari o‘tkazib berishi kerak edi. U shartnomada belgilanganidek to‘lovning 30 foizini, ya’ni 180 ming AQSh dollarini avans sifatida bajaruvchi tashkilotning hisobiga o‘tkazdi.

Ammo Krasnodardagi MCHJ ta’sischisi, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani “Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.D. shartnoma shartlarining birortasini bajarmadi.

Bugungi kunda, unga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!