Rossiya vaksinasini sotib olish uchun 50tadan ortiq davlat buyurtma berdi

Rossiya vaksinasini sotib olish uchun 50tadan ortiq davlat buyurtma berdi

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jamg‘armasi 50 dan ortiq davlatdan 1,2 milliard doza “Sputnik V” vaksinasini sotib olish uchun arizalar qabul qildi, dedi brifingda Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni BMT Bosh assambleyasining 31-maxsus sessiyasi doirasida Rossiya vaksinasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va bu xalqaro sheriklarda katta qiziqish uyg‘otdi.

"Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jamg‘armasi va Gamaleya instituti faoliyati to‘g‘risida yana bir necha so‘z aytmoqchiman. Ular nafaqat Rossiyada ommaviy emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni kengaytirish, balki xorijiy mamlakatlarda Rossiya preparatini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xorijiy bozorlarga chiqish uchun ish olib bormoqda", - dedi Zaxarova.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi "Sputnik V: COVID-19 ga qarshi vaksina" virtual tadbirida Rossiya preparatini taqdim etdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning ta’kidlashicha, ro‘yxatdan o‘tishdan keyingi sinovlar Rossiya, Belarus, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Venesuyelada o‘tkazilmoqda, bundan tashqari Braziliya va boshqa davlatlarda test o‘tkazish masalasi muhokama qilinmoqda. Uning ta’kidlashicha, " Sputnik V" "kuchli immunitet va antitanachalar javob" ni ko‘rsatdi.

O‘z navbatida, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev “Sputnik V”ni 40 mamlakatda tasdiqlash uchun ariza topshirganini va ushbu mamlakatlardagi nazorat organlari bilan ish olib borayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning narxi dozasi 10 dollardan kam bo‘ladi, "ba’zi mRNK vaksinalariga qaraganda ancha arzon".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!