Rossiya “Oq kaskalilar”ning Suriyadan quvilishini istamoqda

Rossiya “Oq kaskalilar”ning Suriyadan quvilishini istamoqda

Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya Suriyada “Oq kaskalilar” tashkilotining faoliyat ko‘rsatishini xavfli deb atadi, deya xabar bermoqda DW.

BMT Xavfsizlik Kengashining yopiq yig‘ilishida Nebenzya G‘arb mamlakatlarini “Oq kaskalilar”ning Suriyadan olib chiqilishini tezlashtirishga chaqirgan.

“Terrorchilar olib chiqilishi kerak. Ularning sivilizasiyalashgan jamiyatda bo‘lishi yaxshi fikr emas”, – deb aytgan Rossiya vakili.

AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari esa Nebenzyaning bayonotiga e’tiroz bildirgan. Xususan, AQShlik diplomat Rossiya vakilining so‘zlarini «yolg‘on ayblov», britaniyalik diplomat esa «mantiqsiz» deb atab, Rossiyani Xavfsizlik Kengashi vaqtini behuda sarflashni to‘xtatishga chaqirgan. Fransiya vakili esa «Oq kaskalilar» yuzlab insonlarning hayotini qutqarganini ta’kidlagan.

«Oq kaskalilar» (yoki «Suriya fuqarolik mudofaasi») tashkiloti ko‘ngillilari qurolli to‘qnashuvlar paytida fuqarolarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Suriya hukumati «Oq kaskalilar»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!