Rossiya Federasiyasida o‘zbekistonlik erkak zo‘rlashda ayblanib, 18 yilga qamaldi

Rossiya Federasiyasida o‘zbekistonlik erkak zo‘rlashda ayblanib, 18 yilga qamaldi

Karachay-Cherkesiyada O‘zbekiston fuqarosi qizni zo‘rlagani uchun 18 yilga qamaldi, deb yozmoqda “Moskovskiy komsomoles”.

Voqea 2023 yil iyun oyida sodir bo‘lgan. 45 yoshli o‘zbekistonlik internetdan ishga joylashish haqidagi e’lon topgan. U qizga qo‘ng‘iroq qilib, suhbatga taklif etib, mehmonxona ma’muri sifatida ishlashni taklif qilgan.

Qiz u ko‘rsatgan manzilga yetib kelgan. Shundan so‘ng, erkak uni mehmonxona hududini o‘rganish bahonasida o‘rmonga olib kirib u yerda qizni zo‘rlagan. Tekshiruv davomida O‘zbekiston fuqarosi avval ham xuddi shunday jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘lgan.

Sud erkakni aybdor deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi, u jazoni maxsus rejimli koloniyada o‘taydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!