Respublika darajasida nechta poraxo‘r amaldor fosh qilingan?

Respublika darajasida nechta poraxo‘r amaldor fosh qilingan?

Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Hisobotga ko‘ra:

✅ o‘tgan 5 oyda jami 417 nafar turli toifadagi mansabdor shaxsga nisbatan 420 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 206 ta jinoyat ishi bo‘yicha 284 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda;

✅ jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 5 nafari respublika, 17 nafari viloyat va 262 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan.

✅ mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 35 mlrd. 652 mln. 726 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan, tergov jarayonida ushbu zararning 25 mlrd. 160 mln. 870 ming so‘mi yoki 70,5 foizi undirilgan;

✅ jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 150 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 35 nafari soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, 21 nafari pora olish, 19 nafari firibgarlik, 11 nafari pora berish, 7 nafari mansabni suiiste’mol qilish, 4 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 3 nafari mansabga sovuqqonlik, 1 nafari mansab soxtakorligi va 33 nafari boshqa jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan;

✅ 2018 yilda ichki ishlar, sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, 2019 yilda ushbu vazirliklarga 3 ta taqdimnoma kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!