Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish tiklanadi

Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish tiklanadi

O‘zavtosanoat kompaniyasi rahbariyati Ravon avtomobillarini Rossiya avtobozoriga yetkazib berish davom ettirilishi haqida xabar berdi. O‘zbekiston mashina modellari o‘tgan yilning mayidan boshlab yetkazib berilmayotgandi, bunga narxlarni qayta ko‘rib chiqish va konsern biznes siyosatidagi o‘zgarishlar sabab sifatida ko‘rsatilgan, deb xabar qilmoqda actualnews.org.

O‘zavtosanoat o‘tgan yili Ravon avtomobillarini nafaqat Rossiyaga, balki boshqa xorijiy bozorlarga ham yetkazib berishni to‘xtatdi. Endilikda kompaniya avvaldan tark etishga majbur bo‘lgan barcha hududlarda sotuvlarni tiklamoqda.

Bu yil Ravon avtomobillari ayrim tashqi bozorlarda biroz oshgan qiymat bilan paydo bo‘ldi. Kompaniya narx o‘zgarishi tovar savdosi darajasiga qanday ta’sir qilganini tushunish uchun bir muncha vaqt davomida mijozlar kayfiyatini kuzatish niyatida. Rossiyalik avtodilerlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistondan avtomobillar yetkazib berilganmi yoki bu Qozog‘istonda yig‘ilgan mashina komplektlarimi, bu borada hozircha vaziyat tushunarsiz.

2017 yilda Kostanaydagi avtozavod Ravon R3 sedanlarini yig‘ishga kirishdi, 2018 yilning birinchi yarmida qariyb 400 mashina chiqarildi. 2019 yil arafasida ularning taxminan yarmi Rossiyada sotuvga chiqarishga mo‘ljallanganligi ma’lum bo‘ldi.

Rossiyaliklar 2017 yilda 4,58 mingta Ravon avtomobillarini sotib olishdi. Kompaniyaning aylanmasi 2,07 mlrd rublni tashkil etgan (30,5 mln. AQSh dollari).

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!