Rasulullohning libosida kafanlangan sahobiya

Rasulullohning libosida kafanlangan sahobiya

Sahobiya ayollardan Fotima xonimning nasablari: binti Asad ibn Hoshim ibn Abdu Manof ibn Qusoy. Ya’ni, otasining ismi Asad, uning otasi esa Hoshim, uning Otasi Abdumanof, u Qusayning o‘g‘li.

Fotima binti Asad hoshimiylar urug‘i ichida birinchi dunyoga kelgan hoshimiyya bo‘lgan. U kishi Ali ibn Abu Tolib roziyalohu anhuning onalari bo‘ladi. Birinchilardan bo‘lib hijratga chiqqan muhojirlardan.

Ma’lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshlik chog‘ida yetim qolganlar. Otalari Abdulloh hali Rasululloh dunyoga kelmaslaridan avval vafot etganlar. Onasilaridan ham juda erta ajralganlar. Bobolari Abdulmuttolibdan keyin Rasulimiz alayhissalomni amakilari Abu Tolib o‘z qaramog‘iga olgan. O‘shanda Abu Tolibning zavjasi Fotima xonim Rasulullohga juda ko‘p g‘amxo‘rlik qilgan. Shu tufayli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ayolga o‘zgacha ehtirom ko‘rsatar edilar. Hatto u ayol qazo qilganda o‘z libosini unga kafan qildirgan va qabrida ham birga bir oz yotib, keyin dafn ettirgan ekanlar.

Ibn Abdulbar rahmatullohi alayh Sa’don ibn Valid as-Sabiriydan, u Ato ibn Abu Rabohdan u Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:

Ali ibn Abu Tolibning onasi Fotima qazo qilganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘z ko‘ylaklarini kafan sifatida kiydirdilar va qabrga dafn etish chog‘ida ham uni yonida andak yotdilar. Bu ishdan hayron bo‘lgan sahobalar: Ey Allohning Rasuli, oldin bunday qilganingizni hech ko‘rmagan edik, nega bunday qildingiz? deb so‘rashdi? Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Menga Abu Tolibdan keyin bu ayolchalik yaxshilik qilgan odam bo‘lmagan. Ko‘ylagimni toki jannatda bu ayolga jannat liboslari kiydirilsin, deb kiydirdim. Yonida bir oz yotishimning sababi esa, uning hisob-kitobi yengil bo‘lsin, dedim deb javob berdilar . (Siyaru A’lom an-Nubalo. 2-J. 118-b).

Soxta salafiylarning buzuq aqidalaridan biri, tabarruk narsalarning barakasini inkor etishadi. Hatto uni shirk deyishgacha borishadi. Vaholanki, yuqoridagi rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari tabarrukan o‘z ko‘ylaklarini Fotima binti Asadga kafan qilgan ekanlar!

Demak, Allohga yaqin ulug‘ zotlarning tabarrukotlarida,albatta baraka bor ekan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!