Rasman: Tramp navbatdagi saylov kampaniyasini boshladi

Rasman: Tramp navbatdagi saylov kampaniyasini boshladi

AQSh prezidenti Donald Tramp davla rahbarligi uchun 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan prezidentlik uchun kampaniyani boshlab yuborganini rasman ma’lum qildi. Bu bayonotni u Floridadagi tarafdorlari uchun qilgan chiqishida bergan.

 

- Bugun kechqurun men sizning qarshingizda turib ikkinchi muddatga AQSh prezidentligi saylovlari uchun kampaniyani boshlaganimni e’lon qilaman, - degan Tramp.

 

U, shuningdek, mamlakatda korrupsiyaning tugashini istaydigan barchani o‘ziga ovoz berishga chaqirgan.

 

- Bir marta biz buni amalga oshirdik, endi yana takrorlaymiz. Va yana bu safar biz ishni oxiriga yetkazib qo‘yamiz, - degan amerikalik yetakchi.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!