Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi

Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 23 apreldagi «Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 231-son qarori qabul qilindi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti:

- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish va ularning fondini yaratish;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilangandi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;

- 2024-2026 yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxati;

- qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy etish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi;

- qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi.

Shuningdek, qaror bilan Qurilish sohasida texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 24 apreldan kuchga kirdi, deb xabar beradi «Norma».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!