"Qo‘lidan pichoqni ol": Qashqadaryo kasalxonasidagi janjal pichoqbozlikka aylanib ketdi (VIDEO)

"Qo‘lidan pichoqni ol": Qashqadaryo kasalxonasidagi janjal pichoqbozlikka aylanib ketdi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotganligi xaqida tasvirlar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan ma’lum qilamizki, joriy yilning 18 iyul kuni soat taxminan 12.00larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Samarqand” mahallasi xududida, mahalliy yashovchilar o‘rtasida shaxsiy adovat zamirida janjal yuzaga kelib, ulardan fuqarolar T.O. va P.I.lar tan jarohatlari bilan Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilganlar.

Shu kuni, soat taxminan 15.30larda shifoxona hovlisida to‘plangan, jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.

Aniqlanishicha, o‘zaro janjal jarayonida fuqaro P.B. avtomashinasida bo‘lgan pichoq bilan fuqarolar Q.I. va O.A.ga tan jarohati yetkazgan.

Xozirda mazkur holat yuzasida Kitob tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar P.B., P.A., P.B., A.A., aka va uka R.F. va R.F. hamda R.B.lar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan prosessual tartibda ushlangan.

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!