Qudratillo Abduqahhorov ochkolar bo‘yicha yutqazib qo‘ydi

Qudratillo Abduqahhorov ochkolar bo‘yicha yutqazib qo‘ydi

Rossiya Federasiyasining Kirov shahrida boks bo‘yicha "IBA Chempionlar oqshomi" bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangida professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ringga chiqdi. Unga mezbonlar vakili Pavel Sosulin raqiblik qildi. Sakkiz raund etib belgilangan jang to‘liq davom etdi va unda afsuski, ochkolar hisobiga ko‘ra Sosulinning qo‘li baland keldi.

Shu tariqa, 30 yoshli Abduqahhorov o‘zining to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Pavel Sosulin esa bugun o‘zining to‘qqizinchi g‘alabasini nishonladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!