Peskov Putin va Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralar tafslotini ochiqladi

Peskov Putin va Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralar tafslotini ochiqladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida boshlangan SHHT sammiti oldidan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Jinping Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi, degan RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov Putin va Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralar tafslotini ochiqladi

calendar

07:28

432

Qozog‘istonning Ostona shahrida boshlangan SHHT sammiti oldidan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Jinping Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi, degan RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Foto: Sergei Guneev / Sputnik, Reuters

«Rits Karlton» hotelining muzokaralar zalida bo‘lib o‘tgan ikki soatlik suhbatda Peskovga ko‘ra, mojaroni tartibga solish masalasi kontekstida «Rossiya ishtirokisiz har qanday formatning istiqbolsiz ekanligi aniq qayd etilgan».

«Barsa jabhalarda ikki tomonlama munosabatlar birma-bir gaplashib olingan. Mintaqaviy muammolar bo‘yicha ham fikr almashilgan. Darvoqe, Ukraina kontekstida Rossiya ishtirokisiz har qanday formatning istiqbolsiz ekanligi aniq qayd etilgan»,— degan Peskov muzokara jarayoni haqida.

«Ya’ni, bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Ukraina mavzusiga eng ko‘p vaqt aeratildimi?» — deya berilgan savolga javoban Peskov shunday degan: «Yo‘q, bunday deb bo‘lmaydi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!