Toshkentda fuqaro avtomobilini odamlar ustiga haydadi

Toshkentda fuqaro avtomobilini odamlar ustiga haydadi

Toshkentdagi janjalda fuqaro avtomobilini odamlar ustiga haydadi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 3 iyul kuni taxminan soat 23:00 larda Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida sodir bo‘lgan. O‘zaro tanish bo‘lgan bir nechta fuqaro — K.F., B.A., T.J., F.R., I.U. og‘zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketgan.

Janjal natijasida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki og‘ir jarohat olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!