O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi

O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan joriy yil 3 iyul kuni SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga uchib ketdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan 2023 yilgi savdosini tahlil qildi.

2023 yilda SHHT mamlakatlari O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 50,1%ini ($31,36 mlrd) tashkil etdi.

Eksportning umumiy hajmi 36,6% ($8,94 mlrd) va importning umumiy hajmi 58,8% ($22,43 mlrd).

2023 yilda 2022 yilga nisbatan O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 18,5%ga o‘sib, 31 362,0 mln dollarni tashkil etdi, eksport 1,3%ga kamayib, 8 936,3 mln dollarni tashkil etdi, import 28,9%ga o‘sib, 22 425,6 mln dollarni tashkil etdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, SHHT mamlakatlari bozorlari O‘zbekistonning tayyor eksport mahsulotlarining asosiy iste’molchilari hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!