Yaponiya NATO bilan aloqani faollashtirmoqda

Yaponiya NATO bilan aloqani faollashtirmoqda

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida 10-14 iyul kunlari Germaniya va AQShga boradi. Vashingtonda u NATO sammitida ishtirok etadi. Bu haqda kun chiqar yurt Vazirlar Mahkamasi ma’lum qildi.

Kyodo” agentligi yozishicha, Germaniyada Kisida Kansler Olaf Shols bilan uchrashib, jumladan, iqtisodiy xavfsizlik va mudofaa sohasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan.

So‘nggi payt Yaponiya NATO bilan aloqani faollashtirmoqda. Kisida hozirgacha ikki bor Alyans anjumanida qatnashdi. Bryusseldagi qarorgohda Yaponiyaning doimiy vakolatxonasi ishlab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!