Rasmiy munosabat!

Rasmiy munosabat!

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ekologiya vazirligi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalari boshliqlari bilan joriy yilning 1 aprelidan 1 iyulga qadar muddatli mehnat shartnomalari tuzilgan.

Mazkur mehnat shartnomalari muddati joriy yilning 1 iyul kuni tugaganligi sababli vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan va hozirgi kunda keyingi muddatga ular bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 175-moddasiga asosan mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchiga taqdim etilgan, xodim, shuningdek, uning oila a’zolari hayoti, voqealar va holatlar to‘g‘risidagi axborot xodimning shaxsiga oid ma’lumotlardir. Bu ma’lumotlar sirasiga xodim to‘g‘risidagi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari bo‘yicha ma’lumotlar ham kiradi.

Xodimning shaxsiga doir ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga taalluqli hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 113-moddasiga asosan, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, muddatli mehnat shartnomasi, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z tashkiliy-huquqiy shakllaridan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar tashkilotlarning rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari, shuningdek, ularning alohida bo‘linmalari rahbarlari bilan tuzilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!