Prezident maktablariga kirish imtihonlari 7 iyuldan boshlanadi

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 7 iyuldan boshlanadi

Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7 iyul kuni boshlanadi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!