Londondagi masjid terror hujumi tahdidi ortidan evakuasiya qilindi

Londondagi masjid terror hujumi tahdidi ortidan evakuasiya qilindi

Sharqiy Londondagi masjidga terror hujumi tahdidi kelib tushganidan keyin 700 dan ortiq odam evakuasiya qilindi. Uaytchapelda joylashgan mamlakatdagi eng yirik masjidlardan biriga bomba qo‘yilgani haqida anonim elektron xat kelib tushgan.

Masjid rahbariyati zudlik bilan polisiyaga murojaat qilgan, yuzlab odamlar, jumladan, yaqin atrofdagi uchta maktab o‘quvchilari evakuasiya qilingan. Voqea joyiga tezda yetib kelgan polisiya binoni tekshirdi. Tahdid tasdiqlanmadi, ammo nafrat bilan bog‘liq ehtimoliy jinoyat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Tezkor tadbirlar natijasida masjidning 37 yillik tarixida birinchi marta shom azoni aytilmadi, deb yozadi Yahoo!News.

Masjid tahdid ortidan xavfsizlikni ikki baravar oshirdi va huquq-tartibot idoralari voqeaga jiddiy yondashayotganiga ishontirish orqali jamiyatni tinchlantirishga shoshildi.

London masjidi tahdid qilinganidan bir soat o‘tib, Ilforddagi islomiy boshlang‘ich maktabga islomofobik xat keldi. Maktubda G‘azodagi voqealarga havolalar va Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!