Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda

Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "iCell" kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog‘ida yo‘l va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investisiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi. Vengriya kompaniya tomonidan jadal rivojlanayotgan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda ular uchun haq to‘lash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan.

Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganish va Toshkent shahrining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.

Ta’kidlanganidek, loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari, ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar dispozisiyasiga oid o‘zgartishlar kiritilishi muhim ahamiyatga ega.

Ushbu loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari, ularni hal yetish yo‘llari, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq tushunishni nazarda tutuvchi moddalarning dispozisiyalari bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!