Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalish, oliy ta’lim muassasasi nomi, manzili, sanasi va vaqti aniq ko‘rsatiladi.

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!