200 million so‘mlik hech qanday hujjati bo‘lmagan dori vositalari ushlandi

200 million so‘mlik  hech qanday hujjati bo‘lmagan dori vositalari ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor vakillari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga va muomalasiga doir qonunbuzarlik holati fosh qildi. “S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvidagi kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Unda avtotransport vositasining salon qismi yotoqxonasiga joylashtirilgan yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 200 million so‘mlik jami 10 ming 340 dona hech qanday hujjati bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!