Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi — Toshkent shahar hokimligi

Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi — Toshkent shahar hokimligi

Toshkentning Yunusobod tumanida tunda suv quvurida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish bo‘yicha yerosti ishlari yakunlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘chalarni suv bosishi oqibatida 2300 metr2 asfalt qoplamasi shikastlangan. Uni qayta tiklash ishlari Grand Road Tashkent kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun uch kun ajratilgan.

Suv bosgan hovlilardan suv ketgan, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida suv deyarli qolmagan. Uylarga suv ta’minoti tiklangan, biroq yerto‘lalar va kommunikasiyalar o‘tkazilayotgan hududlar haligacha nam bo‘lgani uchun elektr ta’minoti hozircha ulanmagan.

Toshkent shahar Yunosobod tumanini 3 iyul kuni suv bosgani haqida xabar berildi.

Suv quvuri yorilib toshgani natijasida avtotransport vositalarini harakati vaqtinchalik cheklandi.

Toshkent shahar “Suv ta’minoti” axborot xizmati boshlig‘i holat sababini ochiqladi.

Unga ko‘ra, holatga yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr ta’minoti uzilgani sabab bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay Energetika vazirligi suv toshishi elektr energiyasi o‘chirilgani tufayli yuzaga kelganini rad etib chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!