Abdulla Aripov Afg‘oniston delegasiyasi bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Afg‘oniston delegasiyasi bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar iqtisodiy, investisiyaviy, energetika, transport-logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.

Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Delegasiya tarkibida 300 nafarga yaqin afg‘onistonlik tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘rin olgan.

3 iyul kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishich, uchrashuvda tomonlar iqtisodiy, investisiyaviy, energetika, transport-logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishgan. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha aniq choralar belgilanib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

Afg‘oniston delegasiyasining mamlakatimizga tashrifi 6 iyulga qadar davom etadi. Tashrif doirasida bir qator vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar, ikki tomonlama biznes-forum hamda Afg‘oniston mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi belgilangan.

Mehmonlar Toshkent va Samarqand shaharlaridagi qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!