Qozog‘istonda Toncoin kriptovalyutasiga rasman ruxsat berildi

Qozog‘istonda Toncoin kriptovalyutasiga rasman ruxsat berildi

Qozog‘iston Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qo‘mitasi (AFSA) lisenziyalangan platformalarda savdo qilish uchun “Toncoin” (TON) kriptovalyutasini tasdiqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu qarorga “Toncoin"ning “AFSA” tomonidan o‘rnatilgan tartibga solish standartlariga muvofiqligi aniqlangan keng qamrovli tekshiruvdan so‘ng kelingan.

Endilikda investorlar qo‘mita tomonidan o‘rnatilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy baza va investorlarni himoya qilish choralariga ega bo‘lgan holda, “Toncoin” bilan “AFSA” lisenziyasiga ega platformalarda savdo qilishlari mumkin.

“Toncoin"ning “AFSA” tomonidan tartibga solinadigan muhitga qo‘shilishi xavfsiz va shaffof savdo imkoniyatlarini izlayotgan institusional va chakana investorlarning yangi to‘lqinini jalb qilishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!