Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 9 000 nafarga yaqinlashdi

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 9 000 nafarga yaqinlashdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka davomida 438 ta koronavirus bilan zararlanish holati aniqlandi. Shu tariqa jami koronavirus yuqtirganlar 8969 nafarga yetdi va kunlik o‘sish 5,1 foizni tashkil qildi.

Qozog‘istonda faqatgina uchta viloyati Sharqiy-Qozog‘iston, Pavlodar va Shimoliy-Qozog‘istonda yangi koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmadi.

Bir kechada eng ko‘p bemorlar Olmaota (75), Chimkent (69), Qorag‘anda viloyati (67) , Nur-Sultonda (56) aniqlangan.

Hozirgacha bemorlarning 4515 nafari sog‘aygan va 35 nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamizЈ Qozog‘istonda karantin cheklovlari yumshatila boshlangandi. Xususan, poytaxt Nur-Sultonda jamoat transportlari faoliyati tiklanib, mamlakat bo‘ylab ichki reyslarni amalga oshirishga ruxsat berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!