Qozog‘istonda ham karantin cheklovlari kuchaytiriladi

Qozog‘istonda ham karantin cheklovlari kuchaytiriladi

Qozog‘istonda cheklov choralari 2020 yil 25 dekabrdan 2021 yil 5 yanvargacha kuchaytiriladi, deb xabar beradi Kazinform QR Bosh vaziri matbuot xizmatiga asoslanib.

Shu munosabat bilan Idoralararo komissiya bir qator qarorlarni qabul qildi: 

- 2020 yil 25 dekabrdan 2021 yil 5 yanvargacha ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni, shu jumladan Yangi yil bayramlari va bayramona korporativ tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. 

- epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar «Tengiz» konida cheklov choralari kuchaytiriladi. 

- chakana savdo tarmog‘idagi antikovid dorilarning narxini o‘rtacha 24 foizga pasaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish. Bundan tashqari, ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida Ta’lim va fan vazirligining tavsiyasiga binoan hamda jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda quyidagi qarorlar qabul qilindi: 

- o‘quv yilining III choragidan boshlab bitiruvchi sinflar uchun (9,11,12 sinflar) sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilgan holda, aralash ta’limni (70% - an’anaviy formatda, 30% - masofa) ta’minlash; 

- o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab maktab o‘quvchilarining bilimlaridagi yo‘qotilishini to‘ldirish maqsadida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda individual maslahatlarni tashkil etish; 

- II semestrdan kollej va universitetlarning birinchi kurs talabalarini qo‘shma o‘qitish davom ettirilsin. 

Bosh vazir viloyat hokimlariga epidemiologik vaziyat tufayli vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur cheklov choralarini ko‘rishni buyurdi. 

Bosh vazir hokimlarning e’tiborini jamoat joylari, maktablar va bolalar bog‘chalarini sifatli sanitariya bilan ta’minlash, shuningdek, emlash uchun emlash punktlarini tayyorlash zarurligiga qaratdi. 

Ichki ishlar vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda bayram oldidan va bayram kunlari sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!