Qozog‘istonda erkak o‘zbekistonlik ayolni oyoq kiyim bog‘ichlari bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Qozog‘istonda erkak o‘zbekistonlik ayolni oyoq kiyim bog‘ichlari bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ayolni oyoq kiyim bog‘ichlari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 10 yilga qamaldi.

Voqea o‘tgan yil 29 iyun kuni Chimkentda yuz bergan. Ayol va erkak avvaldan kelishib, uchrashishgan. Keyinroq erkak telefonini topa olmay, bunda ayolni ayblagan.

Nizo vaqtida u ayolni bog‘ichlar bo‘g‘ib o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan. Uni polisiya o‘z uyidan topgan.

Erkak aybiga to‘la iqror bo‘lgan. Sud uni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!